AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro MIB xodimini urib, mashinasini yoqib yubordi

'Buxoroda fuqaro MIB xodimini urib, mashinasini yoqib yubordi'ning rasmi

 G`ijduvon tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro M.Fga nisbatan Jinoyat kodeksining 140 – moddasi, 3 - qismi “a” bandi, 173 – moddasi, 3 - qismi “a” bandi va 219 – moddasi, 2 - qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Buxoro viloyat axborot xizmatining ma`lum qilishicha, MIB G`ijduvon tumani bo`limi Davlat ijrochisi Z.Zning ish yurituvida qarzdor “Fayzullo Xubiddin Fayz-bir” MChJdan “Hududgazta`minoti” AJ foydasiga gaz bo`yicha kommunal qarzdorlik hamda davlat foydasiga soliq va boshqa majburiy to`lovlarni  undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo`lgan. 
Mazkur ijro ishi bo`yicha ijro harakatlarini amalga oshirish uchun Davlat ijrochisi 14.09.2023 yilda fuqaro (qarzdor) M.Fning xonadoniga borganida, qarzdor ijro harakatlarini amalga oshirishiga to`sqinlik qilib, qo`llari bilan Davlat ijrochisining yuz hamda badanining turli sohalariga qasddan urib, erda turgan temir bo`lagi (armatura) bilan boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasining old, orqa, o`ng yon tomon old va orqa oynalarini sindirib, orqa o`rindig`iga o`t qo`yib, qasddan shikast etkazgan. 
"Mazkur harakatlari uchun qarzdor M.F 14.09.2023 yilda JKning 140 - moddasi 3 - qismi “a” bandi, 173 - moddasi 3 - qismi “a” bandi va 219 - moddasi 2 - qismi bilan ishda ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi" deyiladi xabarda. 


Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi alohida nazoratga olindi.
 

    Boshqa yangiliklar