Qozog`iston sudi tomonidan 5 nafar O`zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.
Sudgacha tergov organlari bir guruh o`zbek fuqarolarini hindistonlikni o`g`irlab ketganlikda aybladi. Uni qarzni to`lash maqsadida Ostona shahridagi kvartirada saqlagan.
2022 yilning 22 noyabr kuni Hindiston fuqarosi ichki ishlar idorasiga murojaat qilgan. Tezkor tadbirlar natijasida polisiya xodimlari Ostona shahrida jabrlanuvchi saqlanayotgan uyda tintuv o`tkazgan va ashyoviy dalil topildi.
Sud majlisida Hindiston fuqarosi O`zbekiston fuqarolaridan biridan katta miqdorda qarz olib, to`lashni kechiktirgani, shu sabab o`zbeklar qarzdorni o`g`irlab ketishga qaror qilgani aniqlangan.
O`zbeklarning jinoyati guvohlarning ko`rsatmalari, sud-tibbiy ekspertiza xulosasi, ashyoviy dalillar bilan isbotlangan.
Prokuror ayblanuvchilarni 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so`radi.
Himoya tomoni ayblovning fikriga qo`shilmagan va sudlanuvchilarni oqlashni so`ragan.
Sud hukmi bilan odam o`g`irlashning tashkilotchisiga 8 yil, qolgan ishtirokchilarga esa 7 yil ozodlikdan mahrum jazosi tayinlandi.