AsosiyJamiyat

DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiyda qalbaki dollar sotib yurganlarni qo`lga oldi

'DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiyda qalbaki dollar sotib yurganlarni qo`lga oldi'ning rasmi

DXX tomonidan qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo`yildi. Bu haqda “darakchi.uz” ga DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs aldov yo`li bilan 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan biriga 10 ming, ikkinchisiga esa 4 ming, jami 14 ming qalbaki AQSh dollarini o`tkazmoqchi bo`lgan vaqtida ushlandi.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G`ijduvon tumanida yashovchi, 1986 va 1989 yillarda tug`ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxsxaridorga qalbaki 10 ming AQSh dollarini 5 ming AQSh dollariga sotishga kelishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, ular qalbaki 8300 AQSh dollarini berib va qolganini tez kunda etkazishlarini aytib, 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining G`ijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997 yillar oralig`ida tug`ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so`mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln. so`m qalbaki pullarni 160 mln. so`mga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.

Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do`koni binosi ko`zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog`oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so`mlik, 1 dona 100 ming so`mlik va 8 dona oq qog`ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so`mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar