AsosiyJamiyat

Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 26-29 sentyabr kunlari 2 smenada o`tkaziladi

'Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari 26-29 sentyabr kunlari 2 smenada o`tkaziladi'ning rasmi

2023/2024 o`quv yili uchun professional ta`lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023 yil 26–29 sentyabr kunlari 2 smenada o`tkaziladi. Bunda test sinovlari:

1️-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo`lib o`tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo`lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O`zbekiston tarixi) dan o`tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig`i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to`plash mumkin bo`lgan maksimal ball – 189 ball bo`lib, har bir to`g`ri javob uchun:

- 1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
- 2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
- majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so`raladi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar