AsosiyJamiyat

Yil yakuniga qadar 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi — vazirlik

'Yil yakuniga qadar 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi — vazirlik'ning rasmi

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi talabalar uchun turar-joy barpo etish bo`yicha 7 ta muhim faktni keltirdi.

Ma`lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko`ra, 2026 yilga qadar respublika bo`yicha 100 ming o`ringa mo`ljallangan talabalar turar joyi quriladi. Dastur qabul qilingandan buyon 26 171 o`rinli 55 ta yotoqxona qurilib, foydalanishga topshirildi.

Birgina 2023 yilda respublika miqyosida 38 633 o`rinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish bo`yicha loyihalar amalga oshirilmoqda:

— 55 tasi (24 621 o`rinli ) davlat-xususiy sheriklik;
— 30 tasi (14 012 o`rinli) oliygoh va byudjet mablag`lari, investisiya dasturi asosida.

Joriy yil yakunigacha davlat dasturida belgilangan 18 ming o`rinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Jumladan, o`tgan 9 oy davomida jami 9 014 o`rinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Shundan:

— 11 tasi (4 942 o`rinli) davlat-xususiy sheriklik;
— 10 tasi (4 072 o`rinli) oliy ta`lim muassasasi mablag`lari hisobidan qurilgan.

Yil yakuniga qadar yana 9 469 o`rinli 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi. Xususan, ularning:

— 12 tasi (5 429 o`rinli) davlat-xususiy sheriklik;
— 5 tasi (2 400 o`rinli) oliy ta`lim muassasalari mablag`lari;
— 3 tasi (1 640 o`rinli) investisiya dasturi asosida.

Hozirda 25 569 o`rinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda. 115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud bo`lib, ularning sig`imi 117 646 o`rinni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar