AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Mahalla nazorati“ va ”Mahalla raisi so`rovi" institutlari joriy etiladi

'O`zbekistonda "Mahalla nazorati“ va ”Mahalla raisi so`rovi" institutlari joriy etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda “Mahalla nazorati" va "Mahalla raisi so`rovi" institutlari joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, har bir fuqarolar yig`ini huzurida mahalla raisi rahbarligida mahalla nazorati guruhi tashkil etiladi.
Mahalla nazorati guruhi tomonidan aholi e`tirozlariga eng ko`p sabab bo`layotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar o`tkaziladi.

Mahalla fuqarolar yig`ini kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari hamda mas`ul xodimlarining amalga oshirilgan ishlar bo'yicha axborotlarini muntazam ravishda eshitib boriladi.

    Boshqa yangiliklar