AsosiyJamiyat

Qashqadaryo va Farg`onada o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Qashqadaryo va Farg`onada o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlarida o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va M.R. fuqaro G.G`.ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o`qishga kiritib qo`yishlari evaziga 1 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Farg`ona viloyati Quva tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.O`. fuqaro M.A.ning qo`shni Qirg`iziston Respublikasi universitetidagi o`qishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg`ona filialiga ko`chirib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar