AsosiyJamiyat

Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qog`oz” to`ldirish va majlislarga ketyapti - Prezident

'Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qog`oz” to`ldirish va majlislarga ketyapti - Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari mahalladagi mas`ullar tomonidan alohida-alohida yuritilayotgani, ularning vazifalarida ko`p takrorlanishlar borligi ko`rsatib o`tildi.

“Beshlik” zimmasiga juda ko`p vazifalar yuklatilgani, mutasaddi rahbarlar esa buni tahlil qilmayotgani, aniq ish metodikasi ishlab chiqilmagani tanqid qilindi.

–Mahallaga topshiriq ham, ulardan so`rov ham haddan tashqari ko`p. Mahalladagi vakillarning yarim vaqti faqat “qog`oz” to`ldirish va majlislarga ketayapti, – dedi davlat rahbari.  

Ba`zi hollarda ehtiyojmand aholining masalasini tez hal qilish uchun berilgan mablag`larni ajratish qarori viloyat va tuman tashkiloti, ayrimlarida respublika idorasiga bog`lanib qolgani ta`kidlandi.

Bu ortiqcha bo`g`inlarni olib tashlash zarurligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar