Ramzan Qodirov o`g`li Adam Qur`onni yoqishda ayblanayotgan Nikita Juravelni kaltaklagani aks etgan videoni o`zining telegram kanalida e`lon qildi.
Checheniston rahbari o`g`lining harakatini ma`qullaganini aytdi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o`g`li Adam bilan bog`liq vaziyatga izoh bermasligini aytdi.
Nikita Juravel bahorda Volgogradda masjid yonida Qur`onni yoqish bilan bog`liq aksiyadan so`ng hibsga olingan. Sud uni ikki oyga hibsga oldi va ish Chechenistonga o`tkazildi. Hozir yigit Grozniydagi tergov izolyatorida.