AsosiyDunyo

Iroqdagi to`yda sodir bo`lgan yong`inda 100 kishi halok bo`ldi, yana 150 nafаr odam jarohatlangan (video)

'Iroqdagi to`yda sodir bo`lgan yong`inda 100 kishi halok bo`ldi, yana 150 nafаr odam jarohatlangan (video)'ning rasmi

Iroqning Naynava viloyatining Hamdaniya tumanida to`y marosimida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 100 kishi halok bo`ldi, yana 150 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda INA.

Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia Al-Sudani ichki ishlar va sog`liqni saqlash vazirlariga yong`indan jabr ko`rganlarga yordam ko`rsatish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishni buyurdi.

“Yo`l-transport hodisasida jabrlanganlarga yordam ko`rsatish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda”, — deyiladi hukumat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Fuqarolik mudofaasi yong`inga to`y vaqtida pirotexnikadan foydalanish sabab bo`lgan bo`lishi mumkinligini aytdi. Marosim o`tkazilgan zalda ham yong`in xavfsizligi talablariga rioya etilmagan. Yong`in zalning ayrim qismlari qurilish vaqtida yonuvchan va arzon materiallar qo`llangani uchun qulab tushgan, dedi fuqaro muhofazasi xodimlari.

 

    Boshqa yangiliklar