Akademik eshkak eshish bo`yicha qozog`istonlik murabbiy Xitoydagi Osiyo o`yinlarida mast holda ko`chada uxlab qoldi.
Ma`lumotlarga qaraganda, holat tasvirlangan rasm Qozog`istonning "Orda.kz" telegram botiga anonim tarzda kelgan.
"Ehtimol, u juda ko`p spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Voqeadan so`ng murabbiy Qozog`iston delegasiyasi shtab-kvartirasiga topshirilgan. Insayder ma`lumotlariga ko`ra, Sport va jismoniy tarbiya qo`mitasi raisi ham Xitoyda",deyiladi xabarda.