Nyu-York sudyasi Artur Engoron Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sud qaroriga ko`ra, AQShning sobiq prezidenti moliyaviy hisobotlarda o`z boyligini har yili milliardlab dollarga oshirib yuborganlik va firibgarlik uchun javobgar bo`ladi.
Nyu-York shtat prokurori Letitia Jeyms 2022 yil sentyabrida Trampga qarshi da`vo arizasi bilan murojaat qilgan. U AQShning sobiq prezidenti va uning kompaniyasini bank kreditlari va sug`urta bo`yicha qulayroq shartlarni olish maqsadida 10 yil davomida aktivlari qiymati va sof boyligi haqida yolg`on gapirishda aybladi.
Uning so`zlariga ko`ra, Tramp har yili o`z boyligini 2,23 milliard dollarga, boshqa manbalarga ko`ra esa 3,6 milliard dollarga oshirgan.
Bosh prokuror Tramp uchun 250 million dollar jarima undirishni, shuningdek, unga va o`g`illariga Nyu-Yorkda oilaviy biznesni yuritishni taqiqlashni talab qilmoqda.