AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Germaniyaga boradi

'Shavkat Mirziyoev Germaniyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan joriy yilning 28-30 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Federal Kansler Olaf Shols va Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o`tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Mamlakat etakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo`mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko`zda tutilgan.

Kun tartibidan O`zbekiston Prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning etakchi kompaniya va banklari bilan investisiyaviy, innovasiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o`rin olgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar