O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o`tkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi.