AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 3 ta iste`molchi 436 mln 144 ming so`mlik "svet" va gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

'Surxondaryoda 3 ta iste`molchi 436 mln 144 ming so`mlik "svet" va gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi "O`zenergoinspeksiya" tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan:

Sherobod tumanidagi "J.F." MChJga qarashli issiqxona elektr tarmog`iga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 279 mln 936 ming so`m (622 ming 80 kVt⋅soat);

Qumqo`rg`on tumanidagi "H.M." xususiy korxonasi elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 115 mln 408 ming 800 so`m (256 ming 464 kVt⋅soat);

Muzrabot tumanidagi "A.F.O." xususiy korxonasi gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 42 mln 800 ming so`m (64 ming 848 metr kub), jami 436 mln 144 ming 800 so`m zarar etkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

    Boshqa yangiliklar