AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Germaniya Prezidenti bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Germaniya Prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

29 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning ikki tomonlama uchrashuvi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni, eng avvalo innovasiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, transport va logistika, ta`lim va madaniyat sohalarida rivojlantirishning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Joriy yil may oyida Germaniyaga amaliy tashrif davomida o`tkazilgan sermahsul muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha birgalikdagi sa`y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, jumladan, “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatida amaliy hamkorlikni yo`lga qo`yish muhimligini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar