29 sentyabr kuni Pokistonning Masturg shahridagi masjid yaqinida portlash yuz berdi. Bu haqda Dawn gazetasi xabar bermoqda.
Gazetada qayd etilishicha, portlash oqibatida 52 kishi qurbon bo`lgan. Ular orasida polisiyachilar ham bor. Bundan tashqari, yana 50 dan ortiq kishi jarohat olgani ham aytib o`tilgan.
Hodisa odamlar Muhammad payg`ambar (s.a.v)ning tavallud ayyomini nishonlash uchun masjid yaqinida to`plangan vaqtda sodir bo`lgan. Portlashni terrorchi amalga oshirgani taxmin qilinyapti.