Qo`shma Shtatlar ittifoqchi va hamkorlari bilan Tog`li Qorabog`da mustaqil xalqaro missiya tashkil etish ustida ishlamoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti spikeri Metyu Miller ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
"Bu missiya Tog`li Qorabog` aholisiga shaffoflik va ishonchni ta`minlash uchun kerak", — dedi u.
Missiya mintaqadagi insonparvarlik ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq.
Miller, shuningdek, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev bilan suhbatda bu masalani ko`targaniga ishora qildi.
Ma`lumot uchun, Armaniston hukumati Tog`li Qorabog`dan 74 mingdan ortiq odam evakuasiya qilinganini e`lon qildi.