Istanbulga kuchli yomg`ir yog`di. U ertaga ertalabgacha davom etishi kutilmoqda, deb xabar beradi NewTimes.kz axborot agentligi.
Qayd etilishicha, shaharning bir qator hududlari suv ostida qolgan. Istanbul gubernatori Dovut Gul yana bir qancha hududlarni suv bosishi xavfi borligidan ogohlantirdi va mahalliy aholini vaqtincha uylarini tark etishga chaqirdi.
“Hurmatli Istanbulliklar, shahrimiz bo`ylab kuchli yomg`ir davom etmoqda va ertalabgacha yog`ingarchilik kutilmoqda. Iltimos, suv toshqini xavfi bo`lgan hududlarni zudlik bilan tark eting”, — dedi u.
Hozir yomg`ir yog`ishda davom etmoqda.