Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo`lgan fuqarolar diqqatiga ish o`rinlari haqida ma`lum qildi.
Buyuk Britaniyada tajribali qassoblarga bo`lgan talabni inobatga olgan holda ushbu davlat ish beruvchilariga taqdim etish uchun nomzodlar bazasi shakllantirilmoqda.
Ish turi: qassobchilik (hayvon go`shtini bo`laklarga ajratish).
Ish haqi: yiliga 25 600 £ dan boshlanadi (brutto).
Ish muddati: 1 yildan 5 yilgacha.
Nomzodlarga talablar:
ingliz tilini bilish (IELTS 6);
rezyume (ingliz tilida) va fotosurat (3x4);
xorijga chiqish pasport nusxasi;
ish tajribasini tasdiqlash (2 daqiqali videoda bolta ishlatmagan holda taqdim etilishi kerak);
tibbiy ma`lumotnoma;
sudlanmaganlik.
Nomzodlar o`z mahoratini videoda va tanlov jarayonida namoyish etishi kerak.
Barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan.
Murojaat uchun: 71 202-33-55






