Mirzaobod tumani, Navro`z mahallasi, Navro`z ko`chasi 55-uyda yashagan 12.07.2007 yilda tug`ilgan, maktab o`quvchisi Egamberdieva Laylo Ravshan qizi bedarak yo`qoldi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Alohida belgilari: bo`yi 160-165 sm, sochi qora, ko`zlari jigarrang, labi, burni va quloqlari o`rtacha kattalikda. Egnida yashil rangli ayollar sport kurtkasi, pastki qismida harbiylar kiyimi ko`rinishidagi sport trikosi, oyog`ida oq rangli krasofka bo`lgan.
Ushbu shaxs haqida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi. Ushbu fuqaroni topilishida ko`maklashgan fuqarolar shaxsiga oid ma`lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
Tel: 102, 99-468-55-65, 99-440-14-86, 78-221-02-82, 67-310-12-02






