AsosiyDunyo

Nyu-York suv ostida qoldi, shtatda favqulodda holat e`lon qilindi

'Nyu-York suv ostida qoldi, shtatda favqulodda holat e`lon qilindi'ning rasmi

AQShning Nyu-York shtatida kuchli yomg`ir tufayli favqulodda holat e`lon qilindi. Bu haqda gubernator Keti Xochul ma`lum qildi.

“Men Nyu-York shahri, Long-Aylend va Gudzon vodiysida favqulodda holat e`lon qilyapman, chunki biz butun mintaqada kuchli yog`ingarchilikni boshdan kechirmoqdamiz. Iltimos, xavfsizlik choralarini ko`ring va suv bosgan yo`llarda harakatlanishga urinmang”, — deb yozgan Xochul o`zining X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bir necha metro liniyalari va LaGuardia aeroporti terminali yopilgan. Nyu-Yorkda ba`zi ko`chalar va qator binolarning pastki qavatlari, jumladan, maktablar suv ostida qoldi.

    Boshqa yangiliklar