O`zbekistonda tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar, turli xil imtiyozlar, bir so`z bilan aytganda engilliklar yil sayin oshib bormoqda. Shunday bo`lsada, mamlakatda yashirin iqtisodiyot ulishi katta – 40 ufoizligicha qolmoqda. Yalpi ichki mahsulotimizni 80 mlrd dollar deb oladigan bo`lsak, bu 40 foiz ko`rsatgich 32 mlrd dollar atrofida bo`ladi. Bu juda katta ko`rsatkich degani. Xo`sh, bu 32 mlrd dollar qaerda, qaysi sohalarda yashirin iqtisodiyot ulishi katta. O`zbekiston Respublikasi Liberal demokratik partiyasi tashabbusi bilan o`tkazilgan Press klubda mazkur masalalar muhokama qilindi.
Unda ekspert sifatida ishtirok etgan Davlat bojxona qo`mitasi vakili Ulug`bek Qosimov kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yo`nalishida qilinayotgan ishlar haqida gapirdi:
– Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlashda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish yo`nalishida bojxona organlarining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur faoliyat orqali yashirin iqtisodiyotni oldini olish yo`nalishida bojxona organlarida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 2023 yilning o`tgan davri mobaynida 763 milliard so`mlik tovar moddiy boyliklar aniqlangan bo`lsa bu tadbirkorlik subektlari tomonidan hujjatlarda ko`rsatilmagan holda yoki boshqa nomda ko`rsatish, tiftil kodlarini o`zgartirgan holda olib kirish holatlari aniqlangan. Bu davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subektlariga yaratilgan qulayliklarni inobatga olib ko`pchilik holatlarda ularga bir oylik muddatlarda mazkur tovarlarga rasmiy hujjatlarini taqdim qilgan holda bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazib rasmiy sektorga yo`naltirish ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari ko`rsatkichlarni tahlil qilish huquqbuzarlik holatlari 2654 tani yoki o`tgan yilga nisbatan 21 foizga, qiymati esa 159 milliardga oshganini ko`rsatmoqda.
Yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori bo`lgan tovarlar misolida ko`radigan bo`lsak 214 ta holatda 75,2 milliard so`mlik 4,7 million quti tamaki mahsulotlari aniqlangan. O`tgan yili bu 17,5 milliard so`mni tashkil qilgan. Ya`ni aniqlanish holati deyarli 5 baravarga oshgan.156 ta holatda 1245,2 mln so`mlik 9,5 tonna spirt va alkogol mahsulotlari aniqlangan. Bu o`tgan yilga nisbatan 3,5 tonnaga oshgan.
Shuningdek, 898 ta holatda 65,2mlrd so`mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari aniqlangan. Bu o`tgan yili 35,6 mlrd so`m bo`lgan, deyarli 2 baravarga oshgan.
Undan elektratexnika va elektra maishiy texnika buyumlari 916 ta holatda 92,8 mlrd so`mlik holatlar aniqlangan. Bu o`tgan yili 15,7 mlrd so`m bo`lgan.
Zargarlik buyumlari 263 ta holatda 23,9 mlrd so`mni o`tgan yili bu 11,9 mlrd so`mni tashkil qilgan.
Misol uchun joriy yilda tamaki mahsulotlarini noqonuniy olib kirilishiga urinishlar soni ortgan. Bunga qo`shni davlatlarda import aksiz solig`i stavkasi O`zbekiston rad qilgan import aksiz solig`i stavkalaridan past ekanligi sabab bo`lmoqda. Ya`ni qo`shni Tojikiston va Qirg`iziston Respublikasida import bojxona boji hamda aksiz solig`i stavkalari bizda belgilanganidan bir muncha past.
Hozirgi kunda Bojxona organlari tomonidan tezkor tuzilmalarning asosiy maqsadi tamaki mahsulotlarining bozorga kirib kelish kanallari va yama sifatida to`planish joylarini aniqlagan holda yirik miqdordagi tovarlarni noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olishga qaratilgan. Misol uchun Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2023 yil 22 fevral kuni Toshkent shahridagi Qo`yliq bozori yaqinidagi xonadonlarda qiymati 3,4 mlrd so`mlik 228 ming quti xorijda ishlab chiqarilgan aksiz markalari bilan markalanmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Yana bir misol joriy yilning avgust va sentyabr oylari davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi "Boldir" temir yo`l chegara posti orqali Eron - Turkmaniston-O`zbekiston-Tojikiston yo`nalishi bo`yicha kirib kelgantemir yo`l tarkibidagiTurkmanistonga tegishli yuk vagonida yuklangan tovarlar ichida yo`l yuki kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan , aksiz markalari bilan markalanmagan, xufyona tarzda yashirilgan, umumiy qiymati 27 mlrd so`mlik 1 ,9 mln quti tamaki mahsulotlari borligi fosh etilgan.






