O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniyaga amaliy tashrifi dasturi yakuniga etdi.
Davlatimiz rahbari Berlin shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchilarining Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvida ishtirok etdi.
O`zbekiston va Germaniya Prezidentlari ikki tomonlama uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
So`ng davlatimiz rahbari Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo`mitasi shafeligida tashkil etilgan Iqtisodiy forumda qatnashdi.
Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols raisligida o`tgan “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatidagi birinchi sammitda O`zbekiston Prezidenti uzoq muddatli hamkorlikning ustuvor yo`nalishlarini ko`rsatib o`tdi.
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning ikki tomonlama muzokaralarida ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.