AsosiyJamiyat

Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari 43 yoshida vafot etdi

'Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari 43 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Jumaniyozov Ulug`bek 43 yoshida vafot etdi. Bu haqda SSV huzuridagi “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” Davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Ulug`bek Jumaniyozov 1980 yil 15-sentyabr Xorazm viloyatida tug`ilgan. 2003 yil Toshkent farmasevtika institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyatini “Sadkem” MChJ dorixonasida provizor yordamchisi sifatida boshlab, qator tizim muassasalarida mas`uliyatli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasi bosh provizori, SSV Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo`yicha bosh nazoratchi, Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Farmasevtika faoliyatini lisenziyalash boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari kabi lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar