O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlarning bir guruhi Yurtboshimizning tegishli farmoniga muvofiq davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular orasida Koson tumanidagi 24-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi Egamshukur ota Abdiev ham bor. Butun hayotini ta`lim sohasiga bahsh etgan 98 yoshli Egamshukur ota "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.
Eslatish joiz, Egamshukur ota hozir maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda






