Bugun, 30 sentyabr kuni Andijon shahrida Matiz rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB ma`lum qildi.
Holat soat 16:00 larda Andijon shahrining A.Temur ko`chasida yuz bergan. 1990 yilda tug`ilgan B.s. boshqaruvidagi Matiz elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida to`xtab turgan joyida yonib ketgan.
Yong`in tufayli transport vositasining old qismi to`liq yonib ketgan, tan jarohati olganlar yo`q.