Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, G`afurov Uyg`un To`lqinovich O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda O`zA.
2021 yil 25 maydagi davlat rahbarining maxsus topshirig`i va tegishli qaroriga asosan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo`yicha maslahatchisi Muzaffar Murodovich Komilov bir vaqtda O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib keldi.
G`afurov Uyg`un To`lqinovich bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatgan.