O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Doha shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo`lib o`tadi.
Davlatimiz rahbari “EKSPO Doha – 2023” xalqaro ko`rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etishi ham ko`zda tutilgan.