Qanday hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi?
Quyidagi hollarda milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish rad qilinadi:
- ariza beruvchi tomonidan so`rovnomada ko`rsatilgan ma`lumotlar noto`g`ri ekanligi aniqlanganda;
- ariza beruvchining milliy haydovchilik guvohnomasini olish bo`yicha amaliy hamda nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlik fakti tasdiqlanmaganda;
- ariza beruvchi tomonidan tegishli yig`im to`lanmaganda.
Asos: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.






