Turk Qurolli kuchlari Iroqdagi terrorchilar bazalariga havo zarbalarini berdi. Havo hujumlari natijasida g`orlar, boshpanalar, bunkerlar, boshpana va omborlardan iborat jami 20 ta ob`ekt vayron qilingan.
Milliy Mudofaa vazirligi, Iroq shimolidagi Metina, Hakurk, Qandil va Gara hududlarida PKK terroristlariga qarshi havo operasiyasi o`tkazganini ma`lum qildi. Havo operasiyasi natijasida terror tashkilotining 20 ta nishoni yo`q qilingan.
Vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chop etilgan bayonotda, terroristlarning qasosdan qochib qutula olmasligi ta`kidlangan: "Terrorizmga qarshi kurash bitta ham terrorchi qolmagunicha tugamaydi".
Bayonotda Iroq shimolida amalga oshirilayotgan havo amaliyoti haqida quyidagi ma`lumotlar keltirilgan:
“Terror tahdidini bartaraf etish, shuningdek, Turkiya chegaralari xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2023 yil 1 oktyabr kuni soat 21.00da BMT Nizomining 51-moddasining o`zini-o`zi mudofaa qilish huquqiga muvofiq, havodan zarbalar berildi.
Havo hujumlarida terror tashkilotining yuqori martabali a`zolariga boshpana bergani aytilgan buzg`inchi terror tashkiloti tomonidan foydalanilgan g`or, boshpana, bunker, boshpana va omborlardan iborat jami 20 ta joy vayron qilindi”.