AsosiyJamiyat

O`zbekiston – Ozarbayjon sog`liqni saqlash dekadasi o`tkaziladi(video)

'O`zbekiston – Ozarbayjon sog`liqni saqlash dekadasi o`tkaziladi(video)'ning rasmi

 Shu yil 2-11 oktyabr kunlari mamlakatimizda O`zbekiston – Ozarbayjon sog`liqni saqlash dekadasi o`tkaziladi.  

Uning doirasida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va hududlardagi etakchi davolash muassasalarida yuqori texnologik operasiyalar, qo`shma amaliyotlar, mahorat darslari, kattalar va bolalarda kam invaziv xirurgiya, oftalmologiya, onkologiya va ginekologiya kabi qator yo`nalishlar bo`yicha maslahatlashuvlar bo`lib o`tadi.

Sog`liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, farmasevtika, xalq tabobati, tibbiy ta`lim va ilm-fan sohalarida o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokamalar markazida bo`lishi kutilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar