1

Buxorolik erkak "Yor-yor" ko`rsatuvi orqali tanishgan qashqadaryolik ayolini o`ldirib qo`ydi (video)

Jinoyat 04.10.2023, 10:32
Buxorolik erkak "Yor-yor" ko`rsatuvi orqali tanishgan qashqadaryolik ayolini o`ldirib qo`ydi (video)

Ali buxorlik bo`lgan 36 yoshli erkak G`uzor tumanida uchrashib yurgan ayolini o`ldirib qo`ydi. Ushbu jinoyat tafsilotlari "Bir jinoyat izidan” ko`rsatuvida ma`lum qilindi. 

Ma`lum qilinimshicha, joriy yilning 28 fevral kuni G`uzor tumani IIBga tumanning "Mirishkor" qishlog`ida yashovchi, 35 yoshli S.M. singlisining uyida o`ldirib ketilgani haqida xabar qilgan. 

Voqea joyiga etib borilganda, marhumaning jasadi hovlidagi chuqurligi 2,5 metrlik quduqdan chiqarib olingan. Shundan so`ng, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Tergov-surishtiruv jarayonida aniqlanishicha, marhuma so`nggi paytlarda Buxoro viloyatining Jondor tumani yashovchi 36 yoshli S.E. bilan uchrashib yurgani aniqlangan. Aslida ayol 2021 yilda turmush o`rtog`idan ajrashgach, oila qurish maqsadida "Zo`rTV" telekanalida efirga uzatiladigan "Yor-yor" ko`rsatuvida ishtirok etadi. 2021 yilning dekabr oyida unga Jondor tumanida yashovchi S.E.dan qo`ng`iroq bo`lganva ular shu orqali tanishgan. Erkak G`uzorga tez-tez qatnab, S.M. bilan uning singlisining uyida uchrashib yurgan. Biroq to`y bo`magan. Kunlarning birida ayol va erkak o`rtasida janjal kelib chiqadi va erkak ayolga tan jarohati etkazib, uni hushsiz qilib qo`yadi. Uni o`ldi degb o`ylab, hovlidagi quduqqa tashlab yuboradi, natijada aslida hali tirik bo`lgan ayol quduqda vafot etadi. 

Sudning hukmi bilan S.E.ga 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1