AsosiyJamiyat

Jizzaxda 21 yoshli qiz bedarak yo`qoldi

'Jizzaxda 21 yoshli qiz bedarak yo`qoldi'ning rasmi

Jizzax viloyatining Baxmal tumani Barlos qishloq fuqarolar yig`ini Barlos qishlog`ida yashovchi 2002 yilning 15 dekabr kuni tug`ilgan Ne`matova Baxtigul Nurmamat qizi qidirilmoqda. Bu haqda viloyat  IIB xabar bermoqda.

Ne`matova Baxtigul Nurmamat qizi joriy yilning 27 sentyabr kuni yashash uyidan chiqib ketib bedarak yo`qolgan.

"Ushbu fuqaro to`g`risida biron bir ma`lumotga ega bo`lganlar Baxmal tumani IIBning 72-412-10-50, 72 414-14-02 va 77-021-73-96 raqamlariga yoki ichki ishlar idoralariga xabar berishlari so`raladi. Xabar bergan shaxslar to`g`risidagi ma`lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi" deyiladi xabarda. 

Boshqa yangiliklar