AsosiyJamiyat

O`zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e`lon qilindi

'O`zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

6−7 oktyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli O`zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda O`zgidromet xizmati agentligi rahbari Sherzod Xabibullaev o`zining Facebook sahifasida.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
  • Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`raldi.

    Boshqa yangiliklar