AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga boradi

'Shavkat Mirziyoev 5-7 oktyabr kunlari Rossiyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat etakchilarining muzokaralari bo`lib o`tadi. Davlatimiz rahbari Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.

Bo`lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o`rin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investisiya, migrasiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida e`tibor qaratiladi.

Shuningdek, O`zbekiston Prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika Raisi Rustam Minnixanov bilan muzokara o`tkazishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar