AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o`ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)

'Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o`ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 4 oktyabr kuni 02:00 atrofida Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida 24 yoshli Matiz taksi haydovchisi o`ldirilib, avtomashina yoqib yuborilgani haqida videolar tarqaldi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda malakali xodimlardan iborat tezkor-tergov guruhi tomonidan jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar