AsosiyJamiyat

Prezident Tatariston Raisi bilan muzokara o`tkazdi

'Prezident Tatariston Raisi bilan muzokara o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrif doirasida Qozon shahrida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o`tkazdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari keyingi yillarda o`zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Savdo va investisiyalar hajmi oshib bormoqda. Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda, Jizzax viloyatida texnopark qurilishi davom etmoqda.

Kimyo tarmog`i va mashinasozlikda yirik kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jizzax shahrida Qozon federal universitetining filiali ishlamoqda.

Kuni kecha Qozon shahrida o`tgan uchinchi O`zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumining yakunlari, jumladan, O`zbekiston hududlarida Rossiyaning “Alabuga” va “Master” texnoparklari bilan yangi sanoat parklarini tashkil etish bo`yicha erishilgan kelishuvlar qayd etildi.

Metallarga ishlov berish, axborot-kommunikasiya, uy-joy kommunal soahalarida istiqbolli kooperasiya loyihalarini amalga oshirish, ta`lim, turizm va yoshlarga oid siyosatda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhim yo`nalishlar bo`yicha amaliy sheriklik loyihalarini qo`shma “yo`l xarita”lari asosida ilgari surishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar