AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qozondagi "Qul Sharif" masjidiga bordi

'Shavkat Mirziyoev Qozondagi "Qul Sharif" masjidiga bordi'ning rasmi

Tatariston Respublikasiga tashrif davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Qozon Kremli” tarixiy-me`moriy va badiiy muzey-qo`riqxonasida bo`ldi.

Davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.

Qozondagi Kreml YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi bo`lib, shaharning ko`p asrlik tarixini o`zida mujassam etgan me`moriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat.

Bu erda O`zbekiston Prezidenti Qul Sharif masjidini kirib ko`rdi.  Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil Samigullin oliy martabali mehmonga masjid tarixi haqida batafsil so`zlab berdi. Duo o`qildi.

Masjid 1996-2005 yillarda Qozon xonligi hududida XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud bo`lgan juma masjidi o`rnida bunyod etilgan va Imom Qul Sharif nomi bilan atalgan.

Davlatimiz rahbari Qozon va Tatariston mitropoliti Kirill hamrohligida Blagoveshensk soborini ham ko`zdan kechirdi. Qozon Kremli hududidagi obidalarning eng qadimgisi bo`lgan ushbu inshoot XVI asrda bunyod etilgan. Pskov me`morchilik an`analarining yorqin namunasidir.

    Boshqa yangiliklar