O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegasiya Moskva shahridagi “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz”ga tashrif buyurdi. Vazir markaz direktori, t.f.d., RFA akademigi Sergey Kusev va muassasaning ilmiy xodimlari bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida tomonlar O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va genomika instituti negizida “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” filialini tashkil etish, ilmiy ishlarni hamkorlikda amalga oshirish, yosh olimlarni stajirovkasini tashkil etish kabi masalasini muhokama qildilar.
Uchrashuv so`ngida o`zbekistonlik delegasiyani “Akademik N.P.Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy markaz” faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida laboratoriyalar bo`ylab ekskursiya o`tkazildi.






