AsosiyDunyo

Yuzlab yahudiylar musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi – Al-Aqso masjidiga qarshi fitna uyushtirishdi

'Yuzlab yahudiylar musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi – Al-Aqso masjidiga qarshi fitna uyushtirishdi'ning rasmi

Yahudiylarning Sukkot bayrami boshlanganidan beri 5057 nafar aqidaparast yahudiy ko`chmanchilar Islom ziyoratgohiga qarshi provokasiyalar uyushtirgan.

Yuzlab aqidaparast yahudiylar yana bir bor musulmonlarning eng muqaddas ziyoratgohi – Al-Aqso masjidiga qarshi fitna uyushtirishdi.

Sukkot bayrami boshlanganidan buyon, ya`ni 29 sentyabrdan buyon 5057 nafar aqidaparast yahudiy islom ziyoratgohiga qarshi provokasiyalar uyushtirgan.

Polisiya falastinliklarning Al-Aqso masjidiga kirishiga to`sqinlik qilib, temir darvoza va yo`l to`siqlari o`rnatgan.

Al-Aqso masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi. Ba`zi yahudiy tarixchilarning fikriga ko`ra, u shoh Sulaymon ibodatxonasi xarobalari ustiga qurilgan.

1994 yil 26 oktyabrda Isroil va Iordaniya o`rtasidagi kelishuvga ko`ra, Al-Aqso masjidi Quddus Islomiy asoslar boshqarmasi yurisdiksiyasi ostidadir.

Biroq 2003 yildan beri yahudiylar ma`muriyat ruxsatini e`tiborsiz qoldirib, Isroilning bir tomonlama qarori doirasida polisiya hamrohligida ziyoratgohga kirib kelgan.

    Boshqa yangiliklar