AsosiyJamiyat

"Toza havo” oyligi davomida atmosferaga jami 210 000 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olindi

'"Toza havo” oyligi davomida atmosferaga jami 210 000 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olindi'ning rasmi

2023 yilda “Toza havo” oyligining I (10 apreldan 10 mayga qadar) va II (10 avgustdan 10 sentyabriga qadar) bosqichlari davomida jami 318 556 ta avtotransport vositalari ekologik nazoratdan o`tkazildi. Natijada tekshirilgan texnikalarning 8652 tasi yoki 2,75 foizi atmosferaga me`yoridan ortiq zaharli tashlamalar chiqarayotganligi aniqlandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi. 

Ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo`pol ravishda buzgan 3329 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan umumiy 553 153 mln so`m jarima choralari qo`llanildi hamda 2914 ta texnika vositasining harakati vaqtinchalik to`xtatib qo`yildi.

Tekshirilgan avtotransport vositalarining 1043 tasi yoki 2,2 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o`rnatilgan me`yorlardan yuqoriligi aniqlandi va avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish shaxobchalariga yuborildi.

"Ta`kidlash joizki, “Toza havo” oyligi davomida atmosferaga jami 209 232 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishining oldi olindi. Tadbirdan asosiy maqsad texnika vositalaridan atmosfera havosiga me`yoridan ortiq zaharli tashlamalar chiqarilishiga yo`l qo`ymaslikdir", deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar