Keniyalik 100 dan ortiq o`quvchi qizlar sirli kasallik tufayli kasalxonaga yotqizildi.
Ta`lim vazirligi sirli voqeadan so`ng Eregi shahridagi qizlar maktabini yopdi. Kasallik qizlarning oyoqlarini falaj qilib qo`ygan, aksariyati yura olmaydi. Shifokorlar ming nafar talabani ko`rikdan o`tkazdi, 106 nafari kasalxonaga yotqizildi.
Dastlabki testlar shuni ko`rsatdiki, bemorlarda elektrolitlar darajasi ko`tarilgan, ya`ni tanada suyuqlik yo`qolgan.






