AsosiyJamiyat

Namanganda Suriyaga chiqib ketishga uringan yashirin guruh a`zolari ushlandi

'Namanganda Suriyaga chiqib ketishga uringan yashirin guruh a`zolari ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar viloyat boshqarmalari tomonidan Suriyaga chiqib ketayotgan 10 nafar namanganlik yashirin guruh a`zolari qo`lga olindi.

Namangan shahrida tug`ilgan “T.O.O”, “S.J.K.” va “L.U.J.”lar Rossiyadagi ish faoliyati davomida hozirda Suriyadagi “Tavhid va Jihod Katibasi” terroristik tashkiloti etakchisi, namanganlik Nuriddin Kamolov (laqabi “Abu Muoviya”) ta`siriga tushib, Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketishgan.

Ushbu shaxslar Namangan shahrida yashovchi 10 kishidan iborat yashirin guruh tuzib, ularni Suriyaga borib, terrorchilar safiga qo`shilishga da`vat qilgan.

Qo`lga olinganlar 1999 – 2004 yillar oralig`ida tug`ilgan yoshlar bo`lib, ularning 4 nafariga nisbatan DXX tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atildi.

Ma`lum bo`lishicha, hozirda guruh a`zolariga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar