Endi maktab va maktabgacha ta`lim tashkilotlari atrofida, tezlik chegarasi 30 km/soat qilib belgilangan hududlarda tezlikni oshirish holati qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilmalar tomonidan aniqlanishi amaliyotga joriy qilinadi. Bu haqda YHXX xabar berdi.
Qayd qilinishicha, yo`l harakati qoidalariga ko`ra, tegishli yo`l belgilari o`rnatilgan maktab va maktabgacha ta`lim tashkilotlari oldidagi yo`llarda transport vositalari tezligini soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.