Endilikda qaytish chiptasiga ega hamda xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan O`zbekiston fuqarolari Qatarga vizasiz borishi mumkin. Joriy yil 5 iyundan Qatar fuqarolari uchun ham O`zbekistonga kirishda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan.
Qatar hukumatining elektron viza berishga mo`ljallangan rasmiy portalida O`zbekiston ushbu mamlakatga vizasiz kirish mumkin bo`lgan 101 ta davlatlar qatorida turibdi. Ma`lum qilinishicha, Qatarga vizasiz kirishning bir qancha shartlari bor.
Xususan, xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmasligi hamda tashrif buyuruvchida qaytish yoki boshqa davlatga chiqib ketish chiptasi bo`lishi kerak. Shuningdek, o`zbekistonliklar ushbu mamlakatda 30 kun davomida vizasiz qola oladi.