AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`qqiz oyda qancha ko`p qavatli uy qurilgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda to`qqiz oyda qancha ko`p qavatli uy qurilgani ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda 2023 yilning to`qqiz oyi davomida 24 185 ta xonadonli 602 ta ko`p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Akbarjon Nig`matov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, uylar qurilishi ko`payishi Surxondaryo, Samarqand, Farg`ona va Navoiy viloyatlari hissasiga to`g`ri kelmoqda. Tahlillarga asosan qurilayotgan ko`p qavatli uy-joylarning qavatliligi oshib bormoqda o`tgan yilda qurilgan uylarning o`rtacha qavatliligi 5 qavatni tashkil qilgan bo`lsa, joriy yilda ko`rsatkich 7 qavatga to`g`ri kelmoqda.

Shu bilan birga, Kadastr agentligining ma`lumotiga asosan 2023 yilning o`tgan davri mobaynida birlamchi bozordagi (dasturlar va undan tashqari) sotilgan xonadonlar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 162 foizga o`sgan.

2023 yilning may—sentyabr oylarida subsidiya bo`yicha 29 ming 485 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan. Bugungi kungacha, ipoteka kreditlari bo`yicha jami 10 ming 537 nafar fuqaroga 337 mlrd so`mlik subsidiya mablag`lari to`lab berildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar