AsosiyJamiyat

Yandex.Go O`zbekistonda bloklanishi mumkin. Chunki...

'Yandex.Go O`zbekistonda bloklanishi mumkin. Chunki...'ning rasmi

Yandex.Go O`zbekistonda ro`yxatdan o`tishi, fiskal chek berishi kerak. Soliq qo`mitasi Yandex.Go O`zbekistonda soliq to`lamayotgani yuzasidan izoh berdi.

Joriy yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda o`z faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish bo`yicha quyidagi talablar qo`yilgan:

1. Faoliyatni amalga oshirish uchun O`zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tish va belgilangan soliqlarni to`lash; 

2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integrasiyalashuvni ta`minlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.

2023 yil 1 dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo`mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga "Yandex.Go" kompaniyasining O`zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron Platformadan foydalanishni bloklash bo`yicha rasmiy murojaat qilishini ma`lum qiladi.

    Boshqa yangiliklar