Humo tizimidagi uzilishlar tufayli odamlar to`lovlarni amalga oshirish, pul o`tkazmalari va onlayn xizmatlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank mazkur xabarlarga tushuntirish berdi.
Unga ko`ra, so`nggi kunlarda Humo kartalarining ayrim foydalanuvchilari to`lovlarni amalga oshirishda, shuningdek, mobil (to`lov) ilovalaridagi pul o`tkazmalarida qiyinchiliklarga duch kelayotgani kuzatildi.
Kompaniya Markaziy bankni vaziyatdan xabardor qilib, hodisa sabablarini aniqlash uchun barcha zaruriy choralar ko`rilayotganini ma`lum qildi.
Shuningdek, Markaziy bank vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur choralarni ko`rish, xususan, karta egalarining o`z kartalaridagi mablag`laridan uzluksiz foydalanishini ta`minlash maqsadida Humo terminallari va bankomatlar ishlashiga alohida e`tibor qaratish bo`yicha tavsiyalar berdi.