AsosiyJamiyat

"Moskva-Toshkent" reysidagi samolyotda 45 yoshli yo`lovchi vafot etganligi sababli Urganchga shoshilinch qo`ndi

'"Moskva-Toshkent" reysidagi samolyotda 45 yoshli yo`lovchi vafot etganligi sababli Urganchga shoshilinch qo`ndi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 samolyoti Urganch aeroportida favqulodda qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, bortida 236 yo`lovchi bo`lgan Boeing 787 samolyoti ekipaji yo`lovchilardan birining sog`lig`i yomonlashgani sababli zaxira aerodromga uchishga qaror qilgan.

Toshkent vaqti bilan 16:59da samolyot Urganch aeroportiga qo`ngan. Yo`lovchi 1978 yilda tug`ilgan erkak - samolyot bortida vafot etgan.

Ta`kidlanishicha, soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar